Назад к новостям
Rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

Eʼlonlar

Rieltorlik tashkilotlari uchun ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi

Rieltorlik faoliyat sohasidagi professional jamoat birlashmalari, rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar diqqatiga!

3 июня 2026 г.

Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (24.08.2011-yilda roʻyxatdan oʻtgan, roʻyxat raqami 2257) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 01/11-2-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 9-apreldagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan.

Hujjat 2026-yil 20-avgustda kuchga kiradi.

Hujjatning toʻliq matnini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

lex.uz — hujjatning toʻliq matni

Перезвонить вам?